1.  Qarama-qarshi eshik-derazalar ochiq bo‘lgan vaqtda yoki tor oraliqdan o‘tib turadigan havo oqimi, o‘tkinchi shamol; shunday shamolli holat.
                
                                        Nihoyat, deraza tepasidagi darchada yelvizak esa boshladi.
                        Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
                        
                        Yelvizak shamolning yo‘qligi ayvonning yana bir asosiy qusuridir.
                        Fan va turmush
                        
                        — Voy, yelvizak qilib qo‘yibmiz-u, — deb eshikni ikki qo‘llab itarib yopdi.
                        S. Karomatov, Oltin qum