1.  Yegulik narsa; yegulik, ovqatlik, ovqat.
                
                                        Kechki yemakka chaqa topish uchun zaruriyat sezdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Uyda yemakka bir qisim jo‘gari [jo‘xori] qolmadi
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                2. esk. ayn. Yemoq.
                
                                        Xizmat tugalayozgandan keyin o‘zining sovib qolgan oshini yemak uchun Oftob oyimlar yoniga o‘tirdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar