1.  Vazni uncha og‘ir emas, yengil.
                
                                        Bolalar orasida Ostar bilan Sarsenboy ham yengil-yelpi narsalarni tashishda yordamlashishmoqda.
                        R. Fayziy, Sen yetim emassan
                        
            
            
                2.  Unchalik kuch, mashaqqat talab qilmaydigan.
                
                                        Hamma og‘ir ishlarni baraka topgur yigitlarning o‘zlari qilishardi, biz, chollarga esa yengil-yelpisi qolardi.
                        V. Tofurov, Vafodor
                        
            
            
                3.  Jiddiy, rasmona emas, yengil.
                
                                        Direktor bilan administratorga yana yengil-yelpi chora ko‘rilgan bo‘ldi.
                        Mushtum
                        
                        Uch ayol yengil-yelpi nonushta qilib olishdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Jiddiy tarzda emas; yuzaki.
                
                                        Xalq ishiga yengil-yelpi qarashga, havoyi va’dalar bilan ko‘z bo‘yashga toqat qilolmaymiz.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        Hayotga yengil-yelpi qarashadi, degan aqidada yurardi.
                        S. Nurov, Narvon