1.  Yetaklab, ergashtirib borish; yetov.
                
                                        Yetakda tuyasi, kelar edi chol
                        Mirtemir
                        
                        Bittadan otni yetakka olib, ikki otliq orqasiga qaytdi.
                        Y. Shamsharov, Dovruq
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Yo‘l, yo‘l-yo‘riq.
                
                                        Bergan oq sutimga rozi bo‘lmayman, Enang bo‘lib, yetagingga yurmayman.
                        Rustamxon
                        
                        Odamning dushmani jinlar bo‘ladi Yetagiga yurgan jinni bo‘ladi.
                        Murodxon