1.  Jismoniy jihatdan to‘la rivojlangan, kamolotga erishgan.
                
                                        Tirqishdan mo‘raladim: Yo‘lchi, ham yetuk bir qiz.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Qirq ha deguncha o‘tib ham ketdi, O‘g‘lingning ko‘rsayding yetuk kamolin.
                        G‘. G‘ulom
                        
            
            
                2.  Ilm, hunar, tajriba va boshqalar jihatlardan pishib yetgan, yetarli malakaga ega, barkamol.
                Yetuk olim. Yetuk mutaxassis. Yetuk san’at-kor.
                    ▬
                                        Bizda yetuk adabiyot muallimlari borligiga ishonamiz.
                        Gazetadan
                        
                        Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni, Yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq.
                        A. Oripov, Yillar armoni
                        
                        Buyuk, yetuk odamlar kamtar, kamsuqum bo‘lishini bu dono qiz yaxshi bilardi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                3.  Talab, me’yor jihatidan mukammal darajaga ega, yuqori saviyali.
                Yetuk badiiy asar.
                    ▬
                                        Lutfiy g‘azallari asosida yaratilgan musammatlar Navoiy tomonidan Lutfiyning yuksak shoirlik iqtidorining, yetuk badiiy mahoratining so‘zsiz tan olinganligiga ishonchli dalildir.
                        O‘TA