1.  Tik holatini yo‘qotib, yer tomon tushmoq; qulamoq.
                
                                        Ko‘kka boqqan yiqilar.
                        Maqol
                        
                        Said Jalolxon o‘rnidan turgan edi, gandiraklab yiqildi.
                        A. Qahhor, Bashorat
                        
                        Isfandiyorxon Avazning betiga shapaloq tortib yubordi. Avaz gandirakladi-yu, yiqilmadi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Ko‘chada gursillab devorlar yiqiladi, sharaqlab daraxtlar qulaydi.
                        A. Qahhor, Bashorat
                        
            
            
                2.  Tepadagi joyidan pastga tomon qulamoq.
                Daraxtdan yiqilmoq. Tomdan yiqilmoq.
                    ▬
                                        Chavandozlardan biri marraga yaqin qolgan-da, otdan yiqilib tushdi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                3.  Kurashda yengilmoq, mag‘lubiyatga uchramoq.
                
                                        Yiqitgan mard emas, yiqilganni turg‘izib qo‘ygan mard.
                        Maqol
                        
                        Yiqilgan kurashga to‘ymas.
                        Maqol
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Imtihonda yomon baho olmoq, sinovdan o‘tolmay qolmoq.
                
                                        [Nigora] Toshkentga o‘qishga kelgan ekan, kimyodan topshira ol-may yiqilibdi.
                        M. Qoriyev, Oydin kechalar
                        
            
            
                5. ko‘chma hma Hokimiyatdan mahrum bo‘lmoq, ajralmoq; ag‘darilmoq; yo‘q qilinmoq.
                Mustabid hokimiyat yiqildi.