1.  Ko‘ndalang kesimi katta.
                
                                        Yo‘g‘on terak. Yo‘g‘on arqon. Yo‘g‘on ichak. Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi.
                        Maqol
                        
                        U ayvonning yo‘g‘on ustuniga tikilib turardi
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Sherbek, yo‘g‘on bir juft qamchiday sochi taqimiga tushgan Nigora ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha, alam ichida tikilib turdi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                2.  Do‘rillagan (ovoz haqida).
                
                                        Uning egasi Malikaxon baland bo‘yli, ovozi ham erkaklarning ovozidek yo‘g‘on, satangnamo xotin edi.
                        S. Zunnunova, Gulxan
                        
                        Buni bilmagan, balki bilgisi ham kelmagan Qulmat qora esa, go‘r ichidan gapirganday, past va yo‘g‘on ovoz bilan davom etdi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Shakl, miqdor va boshqalar jihatlardan katta; salmoqli, salobatli.
                Yo‘g‘on odam.
                    ▬
                                        O‘likni ko‘mib kelish qiyin emas, lekin yo‘g‘on chiqimlari keyin chiqadi, bilasanlar.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        [Komil:] E, hali ko‘p bellashamiz. Ishning yo‘g‘onlari endi chiqadiganga o‘xshaydi.
                        Uyg‘un, Hayot qo‘shig‘i