1.  Biror ish, tadbirni amalga oshirish tartib-qoidalari majmui.
                
                                        Kimni kolxozga olish, kimni kolxozdan chiqarish kolxozchilarning o‘z ixtiyorida. Buning o‘z yo‘l-yo‘rig‘i bor. O‘rtoq Samandarov ana shu yo‘l-yo‘riqni buzganlar deydilar, xolos.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Biz buning yo‘l-yo‘rig‘ini sudlardan so‘rab-so‘rab, o‘zimiz ham yarim-yalpi sud bo‘lib qolganmiz.
                        Hamza, Paranji sirlari
                        
            
            
                2.  Bajarish tartibi, yo‘li haqidagi fikr, gap, ko‘rsatma.
                
                                        Hamma jim bo‘ldi. O‘tirganlar vaziri buzruk tomon qarab, undan qandaydir yo‘l-yo‘riq kutdi.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
                        To‘lqin olimlardan yo‘l-yo‘riq so‘rab, maslahat olib keldi.
                        E. Usmonov, Yolqin
                        
            
            
                3.  Ish-topshiriq, bajariladigan ishlar haqida ko‘rsatma; buyruq.
                
                                        U kishining yo‘l-yo‘riqlarini bizlar hech qanday gap-so‘zsiz bajo keltiramiz.
                        K. Yashin, Hamza