1. Yo‘lda ketayotgan, o‘tib borayotgan shaxs.
Ko‘chalarda yo‘lovchilar siyraklashdi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Tosha qarab ketgan xuddi shu simyog‘ochli yo‘lda bir piyoda yo‘lovchi bormoqda.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Biror transportda ketayotgan shaxs; passajir.
Avtobus yo‘lovchilar bilan lik, to‘la edi.
▬
Bu yerda yo‘lovchilar poyezd jo‘nashiga bir soat qolgunga qadar chamadonlarini tuzatib olishlari va boshqa mayda-chuyda ishlarini bajarishlari mumkin.
Gazetadan