1.  Yonma-yon turgan, yonma-yon o‘rnashgan.
                Yondosh qishloq.
                    ▬
                                        Po‘lat, Bahor — ikkovlari bir sinfda o‘qir, hovlilari ham bir-biriga yondosh bo‘lib, qadrdon qo‘shni edilar.
                        Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin
                        
                        Samarqand bilan yondosh turgan Buxoroda xalqning amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi.
                        M. O‘rinxo‘jayev, Unutilmas kunlar
                        
            
            
                2.  Bir-biriga bog‘liq, yaqin.
                
                                        Endi bu bilan yondosh yana bir masala haqida ham fikrlashib olsak.
                        Yoshlik
                        
            
            
                3. ayn. yn. Parallel.
                Yondosh chiziqlar.