1.  Yopishadigan, yopishuvchan.
                Yopishqoq modda.
                    ▬
                                        Yomg‘ir na tinar, na yog‘ar deganday, yo‘llarning sarg‘ish yopishqoq balchig‘i etiklarni oyoqdan sug‘urar edi.
                        A. Muxtor, Tug‘ilish
                        
                        Mahsining choki pishiq bo‘lsin uchun, mumli, yopishqoq ipni har qatimda barmoqlari bilan qir-qir tortib qo‘yadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Tutgan kishisini qo‘ymaydigan; shilqim, xira.
                Yopishqoq bola.
                    ▬
                                        Qodirbek o‘lgudek shilqim, yelim, yopishqoq yigit ekan, har kuni Layloning o‘qishdan chiqishini poy-lab turib, mashinada olib borib qo‘yaman, deb tiqilinch qilarmish.
                        M. Qoriyev, Oydin kechalar