1.  Biror ishni bajarishda ko‘maklashish, qarashish; ko‘mak, madad.
                
                                        Ertasiga qo‘shni brigadadan ketmonchilar ham yordamga kelishdi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                2.  Ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy ko‘mak.
                
                                        Abdishukur amakisining yordami bilan nihoyat bir boyga mirza bo‘ldi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  Moddiy ko‘mak; pul, mablag‘.
                
                                        Ochilning uydan oladigan yordami katta emas edi.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
            
            
                4.  Foydali ta’sir, naf.
                
                                        Bemorga bu dori ham yordam bermadi.
                        -