1.  Oqlab tuyilgan butun don, oqlangan g‘alla mahsuloti.
                Bug‘doy yormasi.
                    ▬
                                        — Yangamga aytsangiz, bug‘doy boshoqlaridan bir oz sindirib olib, to‘qmoqlab, yorg‘uchoqda yorma tortsa bo‘lmaydimi? — dedi Safar.
                        S. Ayniy, Qullar
                        
            
            
                2.  Shunday mahsulotdan tayyorlangan ovqat.
                
                                        Surxonboy musofirlarga atab oqshomda chiqarilgan biror kosa yovg‘on uvra yoki yorma bilan kun o‘tkazadi.
                        I. Rahim, Taqdir
                        
                        U [Abu Siroj] ertalab uyidan nim piyola yorma atala ichib chiqqan edi.
                        R. Rahmon, Mehr ko‘zda