1.  Qarindoshligi yo‘q; begona.
                
                                        Ular [Japaq va Suluv] endi bir-biriga yot.
                        A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
                        
            
            
                2.  Tanish bo‘lmagan, notanish, begona; o‘zga, chet.
                
                                        Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan bundagi ikkita yot kishini tanimaganlikdan bir-bir qayta qarab, ularni ko‘z ostidan kechirdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                3.  q. x.Yovvoyi, begona.
                
                                        Bo‘yi yerdan to‘rt barmoq ko‘tarilgan g‘o‘za oralariga yoyilgan xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni termoqda edilar.
                        S. Ayniy, Qullar