1. 1. Yig‘lashdan to‘xtamoq; ovunmoq (go‘dak haqida).
Bolalik ekan, yangi kiyim daragini eshitib, yupanib qoldim.
I. Rahim, Olovkor
Bir yarim yashar chamasidagi bola goh yig‘lar, goh yupanib, onani emardi.
Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. 2. Taskin topmoq; ovunmoq.
Xolmurod bu odamlar orasida bir oz yupandi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Uylanmay yoshi o‘tib ketayotgan o‘g‘lining gohi qizlar haqidagi gaplari Sharofat xolaga hamma vaqt sirli bir quvonch bag‘ishlar edi. Hozir ham shu fikr bilan yupanib o‘z ishlari bilan ovora bo‘ldi.
A. Muxtor, Chinor