1.  Ish, xatti-harakat va shu kabilarda o‘zini tutish holati, ahvoli.
                
                                        Uning yuzi-ko‘zi va yurish-turishida boshqa jangchilarnikidan farq qiladigan biror narsa yo‘q edi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        U Shakarxonning hozirgi yurish-turishidan shubhalangan edi, shubhasi to‘g‘ri chiqdi.
                        Oydin, O‘zidan ko‘rsin
                        
                        Rost, bu o‘g‘lingiz serg‘ayrat va zehnli ekanligi yurish-turishi, vajohatidan bilinib turibdi.
                        M. Osim, Ibn Sino qissasi
                        
                        Ularning gaplari, muomalalari, yurish-turishlari Yo‘lchiga tamom begona tuyildi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar