1. ot. ayn. Tirik mavjudotni og‘ulab yemiruvchi yoki o‘ldiruvchi modda, og‘u.
                
                                        Elchi bu ziyofat muftiga zahar-zaqqum bo‘lganini sezib, suhbatni bo‘lishga qaror berdi
                        A. Hakimov, Ilon izidan
                        
            
            
                2. sft. Juda ham achchiq; iste’mol qilib bo‘lmaydigan.
                Zahar-zaqqum dori. Zahar-zaqqum ovqat.
                                    
                    
            
            
                3. sft. ko‘chma. Kishiga qattiq botadigan, achchiq kinoya, piching, kesatiq.
                
                                        Ajabo, Mavlonqulov bu zahar-zaqqum gaplarga pinak ham buzmadi.
                        X. Sultonov, Onamning yurti