1.  Turgan-bitgani zahardan iborat bo‘lgan, zaharlaydigan.
                Zaharli modda. Zaharli gaz.
                    ▬
                                        Mashina terimiga ajratilgan paxta maydonlari begona o‘tlardan tozalanmagan zaharli ximikatlar tashib olinmagan.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Tarkibida zahari bor.
                Zaharli ilon. Zaharli o‘simlik.
                    ▬
                                        Qora ilon [o‘z] tutgan o‘ljasini maxsus zaharli tishlari bilan o‘ldiradi.
                        Zoologiya
                        
            
            
                3.  Zahar surtilgan, zahar qo‘shilgan.
                Zaharli nayza. Zaharli o‘q.
                                    
                    
            
            
                4. ko‘chma Kishiga nayzadek, o‘qdek botadigan; achchiq, kinoyali.
                Zaharli gap. Zaharli maktub.
                    ▬
                                        — Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharli so‘zlaringizga nima deyishga ham hayronman
                        A. Qodiriy, Utgan kunlar