1.  Shikast, buzilish; ziyon-zahmat.
                
                                        Zalda hamma bir narsa to‘g‘risida gaplashardi: Do‘l qattiq yog‘di. G‘o‘zaga zarar qilmasmikan?
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
            
            
                2.  Savdo-sotiqda(n) ko‘rilgan ziyon; umuman, moddiy yutqiziq.
                
                                        O‘zingizga ma’lum, savdo ahli zararni yoqtirmaydigan, foyda talab xalq bo‘ladi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                3.  Kishi organizmiga, sog‘ligiga yomon ta’sir; jismoniy ziyon, shikast.
                Tamakining zarari.