1.  Kishini zeriktiradigan, toqatini toq qiladigan; qizig‘i yo‘q.
                Zerikarli kitob. Zerikarli suhbat.
                    ▬
                                        [Ummatali] Radio eshitib, hordig‘ini chiqarmoqchi edi, zerikarli mavzuda suhbat ketayotgan ekan.
                        Shuhrat, Jannat qidirganlar
                        
                        Birinchi kun juda zerikarli o‘tdi.
                        M. Hazratqulov, Jur’at