1.  Hech narsani ko‘rib bo‘lmaydigan darajada qorong‘i; qop-qorong‘i, tim qorong‘i.
                Zim-ziyo tun.
                    ▬
                                        Mehmonlar ko‘chaga chiqqanda, atrof zim-ziyo, yulduzlar ulkan qora chodirga qadalgan behisob chiroqlardek yiltillardi.
                        S. Karomatov, So‘nggi barxan
                        
                        Nesterenkolar qayiqlarda o‘tirib olib, zim-ziyo tunda daryoda eshkak tortib borardilar.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
                        Chirildoqlar ovoziga to‘la zim-ziyo cho‘l kechasi.
                        M. Mansurov, Yombi