1.  Xasislik, qizg‘anchiqlik.
                
                                        [Fotima] Oradan uch oy o‘tar-o‘tmas, buxgalter erini ziqnalikda ayblab, uyiga qaytib keldi.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
                        [Kuyov] O‘ta ziqnalikdan, torlikdan, damlab ichadigan choylarni ham o‘lchab beradigan bo‘ldi, tiyinlarini tuflab tugdi.
                        Sh. G‘ulomov, Sahroda
                        
                        Bu katta, ko‘rkam darvozani uzoqdan ko‘rganlar, dadasi ziqnalik qilib yig‘gan boylikni o‘g‘li sovuryapti, deyishardi.
                        S. Yunusov, Kutilmagan xazina