1.  Zulm qiluvchi, zulmkor, jabr qiluvchi.
                
                                        Ilonning zahri yomon. Zolimning qahri yomon.
                        Maqol
                        
            
            
                2.  Rahm-shafqatni bilmaydigan, berahm.
                
                                        Borib ayting o‘shal zolim yigitga, Uning ishqi bu bag‘rimga tutashdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                3.  Berahmlikni, shafqatsizlikni ifodalovchi.
                
                                        Gulsumbibi indamadi, yolg‘iz zolim ko‘zlari bilan o‘qraydi-da, ayvonning bir chekkasida, kasal kabi, cho‘zilib yotdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                4.  Jabr-zulm bilan to‘lib-toshgan, qahrli.
                
                                        U [Yo‘lchi] o‘z singlisini Gulnordan ayirib, uni zolim tanholik quchog‘iga otishni istamaganidan, yana bir necha vaqt Unsinni bu yerda qoldirishga moyil edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar