1.  Bir ajdoddan tarqalgan nasl, avlod; nasl-nasab.
                
                                        Ha, Gulnorning tagi past-da. Otasi kim? Onasi kim? Malay, cho‘ri Zotiga tortadi, zoti past.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.   Biror fazilati, xislati bilan ajralib turuvchi, hurmatli kishi
                
                                        El-ulus sizdek zotlarga g‘oyat muhtojdir [dedi Navoiy].
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                3.  Umuman, har qanday shaxs, odam.
                
                                        [Majlisda) Yuqorida ismlari o‘tgan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                4.  Biror tabaqa, ijtimoiy guruh kishi-si, ahli.
                
                                        Olim zoti. Yozuvchi zoti. Karvonboshi Akromboyni o‘z oldiga chaqirib: — Bugun, —dedi, — xaridor zotining saroyga kirishiga yo‘l bermang
                        S. Ayniy, Qullar
                        
            
            
                5.  Jins, nav.
                
                                        Qoramol zoti.
                        -
                        
            
            
                6.  Uloqda beriladigan mukofot.
                
                                        Uloq hamon joyida yotganini ko‘rgan bakovul zotni oshirdi.
                        T. Murod, Ot kishnagan oqshom