1.  O‘pkaning yallig‘lanishi, o‘pkaning yuqumli kasalligi; pnevmoniya.
                Zotiljam bo‘lmoq.
                    ▬
                                        Mamlakat grippni oyoqda o‘tkazib, zotiljamga chalindi.
                        O‘. Usmonov, Sirli sohil
                        
                        O‘sha yillari orttirib olgan zotiljam uni og‘ir dardga chalintirib yiqitdi.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
                        Zargarov kecha shahardan juda ezilib qaytdi-yu, yana yotib qoldi. Zotiljami takrorlanib, ikkala o‘pkasi ham yallig‘lanibdi.
                        A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat