1.  Zaxob yerlarni quritish, zaxni qochirish uchun qazilgan chuqur ariq; zakan.
                
                                        Kecha yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. Yerlar loy. Bugun kolxozchilar qazishar zovur.
                        Uyg‘un
                        
                        Dalaning yondamasidan chuqur qilib qazilgan zovur yerning oxirigacha cho‘zilgan.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
                        Kunchiqardan boshlanib, qibla ufqqacha borib taqalgan zovur yonbag‘irlariga nursiz soya tushdi.
                        N. Aminov, Tillo tabassumlar