1.  1 Ayollarning ikki chakkasida, quloqlari atrofida jingalak holda osilib tushgan jamalagi.
                
                                        G‘ulomjon qizning chap qulog‘ini to‘sib turgan jingalak zulfiga tikilib to‘xtadi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Qora zulfim eshilgandir tol-tol, Kelgan hokim, bu so‘zlarga quloq sol.
                        Shirin bilan Shakar
                        
            
            
                2.  Umuman, qizlarning sochi, kokili.
                
                                        Uning [qizning] qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to‘zg‘ib ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan.
                        A. Qodiriy, Utgan kunlar
                        
                        Navro‘zda qizaloqlar tolbargdan kokil, binafshadan isirg‘a, qoqilardan zulf qilib, chambar taqadilar.
                        Gazetadan