1.  Bir ajdoddan tarqalgan avlod; nasl-nasab; zot.
                
                                        Nima yeydi dilbar oting, Bayon ayla zurriyoting.
                        Murodxon
                        
                        — Hoy aka, siz ham bundoq yorilsangiz-chi odam bo‘lib, kimsiz, zot-zurriyotingiz kim? — dedi ko‘zi ojiz tankchi yigit.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                2.  Bola, farzand.
                
                                        Akrom mirob dunyoga kelib zurriyotsiz o‘tayotganidan ho‘l o‘tindek tutab qo‘yardi.
                        E. Usmonov, Yolqin
                        
                        — U dil-u jigarimning bir parchasi, orzularimning g‘unchasi, tabiatning nozik yerlaridan so‘rab olgan zurriyotim, — dedi Qamchi.
                        H. G‘ulom, Mash’al