1.  Bitta non yasash yoki bir marta ugra kesish uchun loyiq qilib yumaloqlangan xamir.
                
                                        U onasi kelganga qadar supradagi unni qoqib-suqib, bir zuvala xamir qilib qo‘ygan edi.
                        Oydin, Gulsanam
                        
                        Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        [Oysha ona] Supra yozib, zuvala uzdi.
                        S. Anorboyev, Yo‘lda yo‘ldosh bo‘lganlar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Asos, negiz; tarkib.
                
                                        1952 yilda zuvalasi O‘zbekiston tuprog‘idan yasalgan birinchi piyola tortiq qilingan edi.
                        Gazetadan
                        
                        Bolalikda gap ko‘p. Bir grajdanga Zuvala bo‘ladi axir har go‘dak.
                        A. Muxtor, She’rlar
                        
                        Tovuqlar og‘zidan yulib olingan jonsiz urug‘ mana bugun kelajakdagi katta rejalarga zuvala bo‘lyapti.
                        S. Mahkamov, Bir juft don