1.  Ta’mi og‘iz-tilni achitadigan, lovullatadigan.
                Achchiq garmdori.
                    ▬
                                        Farg‘ona vodiysidan boshqa joylarga ekiladigan turp negadir achchiq ta’m, taxir mazaga ega bo‘ladi.
                        K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
                        
            
            
                2.  Nordon, tishni qamashtiradigan.
                Achchiq (donali) anor.
                    ▬
                                        Otasi achchiq olma yesa, o‘g‘lining tishi qamashadi.
                        Maqol
                        
            
            
                3.  Sezgi a’zolariga qattiq ta’sir qiladigan, o‘yuvchi.
                Achchiq gaz. Achchiq tamaki. Achchiq hid.
                    ▬
                                        Jiqqa ho‘l o‘tin yolg‘iz pirs-pirs qilib, achchiq zahar tutun buriqtiradi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                4.  Jazillatadigan, jonni achitadigan.
                
                                        Dalalarda kech kuzning achchiq shamoli esa boshladi.
                        S. Ahmad, Qadrdon dalalar
                        
                        Tashqarida shamol uvullar, achchiq sovuq naq badanni kesib ketguday edi.
                        Gazetadan
                        
                        [Sherbek] To‘rig‘ini egarladi. O‘zini egar ustiga olar-olmas, otga achchiq qamchi bosdi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                5. ko‘chma hma Kishiga qattiq tegadigan, ko‘ngilga ozor beradigan; qattiq, noxush.
                
                                        Achchiq istehzo. Achchiq tanqid. Haq so‘z — achchiq so‘z.
                        Maqol
                        
                        U hatto bu achchiq ta’nalarni eshitmaganday.. sur bo‘lib turardi.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
            
            
                6. ko‘chma hma G‘am-iztirobli; alamli.
                
                                        Uning achchiq ko‘z yoshlari har qanday odamga ta’sir qilmasdan qolmasdi.
                        Yoshlik
                        
                        Cheki ko‘rinmas bu so‘qmoq yo‘lovchining madorini, nainki madorini, jonini oladigan qismatday achchiq.
                        Saodat
                        
            
            
                7. ot ot Qahr, jahl; zarda.
                
                                        Hozir mening achchig‘im ham qahrim bor.
                        Erali va Sherali
                        
                        Bobongning achchig‘i qursin, yomondir.
                        Nurali
                        
            
            
                8. ot ot Qiyinchilik, mashaqqat; g‘am-g‘ussa, g‘am-hasrat; azob-uqubat,
                
                                        Achchiq bilan chuchukni totgan bilur, uzoq bilan yaqinni yurgan bilur.
                        Maqol
                        
                        Bir achchiqning bir chuchugi bor.
                        Maqol
                        
                        Turmushning achchiqlarini totib ko‘rgan.. qadimgi batrak Abdurasul bu kunlarda o‘z muddaosining amalga oshayotganini his etar edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi