1.  Shirasi o‘tkir, shirali.
                Shirin qovun. Shirin ichimlik.
                    ▬
                                        Shirin mevalarga o‘rgangan og‘izlariga bu yerning nordon ne’matlari yoqmadi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
            
            
                2.  Ta’mi yoqimli, mazali, lazzatli.
                Shirin sho‘rva.
                    ▬
                                        — Albatta, albatta, — dedi Sulaymonov jiddiy qiyofada, — masalan, baliq — ko‘p yaxshi narsa, qovurilsa, qanday shirin bo‘ladi!
                        A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
                        
                        Mening ikki onam bor, Ikkisi ham mehribon: Biri menga sut berdi, Biri esa shirin non.
                        Uyg‘un
                        
                        siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli bo‘ladiki
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Kishi huzur qiladigan, orom oladigan, lazzatlanadigan, xush yoqadigan; yoqimli, yoqimtoy.
                
                                        Shirin xayollar. Shirin tush ko‘rmoq. Shirin muomala. Shirin so‘z shakardan shirin.
                        Maqol
                        
                        Muharram shirin tabassum bilan kuldi-da, bejirim labining ikki burchagini nozik to‘r tutilgan dast-ro‘molchasi bilan artib qo‘ydi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Bir og‘iz shirin so‘z — nondek arzanda.
                        G‘, G‘ulom
                        
                        U shovqin-suron ichida shunday shirin uxlardiki, bunday uyqu halol ishlab charchagan vaqtdagina bo‘lishi mumkin.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        Voy, muncha shirin bo‘lmasang! Juda aqlli bolasan-da!
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        — Do‘mbillamay qolsin shu shirinlar-yey! — deguvchi edi, harbiylarni ko‘rganda bir o‘rtog‘im.
                        Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir
                        
            
            
                4.  Ahil, totuv.
                Shirin oila.
                    ▬
                                        Dunyoda bitsin urush, Yer yuzi ko‘rmasin dog‘, Gullasin shirin turmush, Tinchlik bo‘lsin hamma yoq.
                        Q. Muhammadiy
                        
            
            
                5.  Shirin (xotin-qizlar ismi).