1.  Og‘izga xush yoqmaydigan, ta’mi yomon; ta’msiz, lazzatsiz.
                
                                        Bemaza ovqat. Bemaza tarvuz. Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.
                        Maqol
                        
            
            
                2. ko‘chma Badiiy zaif, estetik zavq bera olmaydigan; bema’ni, siyqa.
                
                                        Bemaza asar.Bemaza kitobni-ku jonga teggan joyda shartta yopib qo‘ysa bo‘lar, biroq umr kitobini-chi?
                        X. Sultonov, Onamning yurti
                        
            
            
                3.  Yaramas, yoqimsiz, bema’ni, yomon.
                
                                        Bemaza odam,— Akam bemaza chiqdi-da, — dedi Hamid Munavvarga.
                        S. Anorboyev, Mehr
                        
            
            
                4.  Odob-axloqqa xilof, odobdan tash-qari; behuda, bekorchi.
                
                                        Bemaza qiliqlar. Bekorchidan bemaza gap chiqadi.
                        Maqol