1.  To‘g‘ri keladigan, talab qilingandek; juda mos keladigan, munosib.
                
                                        O‘ylab ko‘rsam, sarkotib odamga shundan bop sovg‘a yo‘q ekan.
                        N. Safarov, Hayot maktabi
                        
                        Tekin boylik axtarguncha O‘zingga bop hunar top.
                        Aql aqldan quvvat oladi
                        
                        Qiz yigitdan gap kutar, yigit esa u bop gap qidirar edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2.  Belgi-xususiyati ijobiy, talab darajasida, yaxshi.
                
                                        Kim minsa, shu bilar otning bopini, Sayis olar ildam otning tobini.
                        Hasanxon
                        
            
            
                3.  Qo‘shma so‘zlarning ikkinchi qismida “mos“, “munosib“, to‘g‘ri keladigan ma’nolarini ifodalaydi:
                ommabop, dehqonbop, urug‘bop, etikbop kabi.