1.  Bir-biriga qo‘shni, yondosh bo‘lgan viloyat, tuman, hudud orasidagi had, bo‘linish, ajralish chizig‘i.
                
                                        Endi Qorabuloq chegarasidagi dovondan o‘tib olishsa, u yog‘i oson.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                2.  Qo‘shni davlatlarning suvdagi va quruqlikdagi hududini, doirasini ko‘rsatuvchi chiziq.
                
                                        Qalandarlar chegaradagi nazorat punktidan xat-hujjatlarini ko‘rsatib, Turkiston tuprog‘iga o‘tishdi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                3.  Oxir, nihoya, poyon.
                
                                        Cho‘lning chegarasi yo‘qdek..
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi.
                        
            
            
                4.  Chek, me’yor; o‘lchov; doira.
                
                                        Ammo u sabr-bardoshning ham chegarasi borligini allaqachon bilib olgan
                        X. Sultonov, Onamning yurti