Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chehra}
So‘z bo‘g‘inlari: cheh-ra
Izoh(lar)i:
chehra [cheh-ra ]

1. Yuz, bet, aft-angor; siymo. Ular xuddi egizaklardek, chehralari bir-biriga g‘oyat o‘xshar, gavdalari qariyb farqsiz, ko‘rinishda yuvosh odamlar edi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. Kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksi. Chol soqolini qirib, yangi kombinezon kiyib olgan. Uning chehrasi ochiq, nimadandir xursand. I. Rahim, Chin muhabbat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yuz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. chehra buzuq: -

2. chehra ochilmoq: -

3. chehra yorishmoq: -

4. chehrani ochmoq: -

5. chehrani yoritmoq: -

6. chehraning ochilib ketishi: -

7. chehrasi buzuq: -

8. chehrasi ochilmoq: -

9. chehrasi ochiq: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

10. chehrasi yorishmoq: -

11. chehrasini ochdi: 1)xafachiligining tarqaganini ko‘rsatdi

12. chehrasini ochmoq: -

13. chehrasini yoritmoq: -

14. chehrasining ochilib ketishi: -

15. ochiq chehra: -

16. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

17. ochiq chehrali: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

1. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.