1. und. s. s. Ruhiy yoki jismoniy azobga chiday olmay chiqarilgan qattiq tovush; baqiriq, faryod.
                
                                        Dod! Voydod! Kimsanoy, sen o‘lguncha men o‘lsam bo‘lmaydimi, bolam!
                        A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat
                        
                        Bu yurakni siqadigan jimlikdan u dod! deb yuboray dedi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Ertalab juda yomon ahvolga tushdi: uyning u boshidan bu boshiga dod deb yumalaydi.
                        A. Qahhor, Asarlar
                        
            
            
                2.  Xavf-xatardan yoki qo‘rquvdan yordamga chaqirib chiqarilgan qattiq ovoz; baqiriq.
                Dod solmoq.
                    ▬
                                        Dod! Dod, odamlar, kelinglar! Dod, bek o‘ziga o‘t qo‘ydi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        Qiz hozir boshiga qop kiydirilishini bildi-yu, bor ovozi bilan dod solib qichqira boshladi.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        — Dod! Voydod! Qaroqchilar bosdi! — dovon orqasidan ikki xotin faryod ko‘tarib chiqdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
                        Hozir behisob tuyoqlar ostida qolib yanchilishini sezdi-yu, dod solib qichqirdi.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Yomon nom, yomonlik, yovuzlik.
                
                                        Dod qoldirma, ot qoldir.
                        Maqol
                        
                        Yaxshidan ot qoladi, Yomondan — dod.
                        Maqol
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Adolatsizlik yoki azob-uqubatdan nolib qilingan og‘zaki yoki yozma arz, shikoyat, fig‘on.
                
                                        [Domla G‘ofirga:] Qani, dodingni ayt, nima doding bor? Hamza,
                        Boy ila xizmatchi
                        
                        Aziza dodini kimga aytishini bilmay, qon-qon yig‘ladi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol