1.  Norozilik, nolish so‘zi; hasrat.
                Uyqusizlikdan shikoyat qilmoq.
                    ▬
                                        Hammaning tilida shikoyat: qimmatchilikdan, mardikor olish voqeasidan, bekorchilikdan shikoyat.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        — Kambag‘alchilik o‘lsin! — xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni ta’na deb tushundi.
                        A. Qahhor, Anor
                        
            
            
                2.  Norozilik va ma’lum talab bilan og‘zaki yoki yozma tarzda bildirilgan fikr; arz.
                Shikoyat — ojizlik alomati.
                    ▬
                                        Shikoyatni o‘ziga ep ko‘rmay, jim o‘tirdi Ahmad.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Ko‘pchilikning arz-dodiga quloq solmagandan keyin shikoyat oqaveradi-da.
                        Mushtum
                        
                        Yo Qo‘qon hokimi Medinska janobi oliylariga arz qilarsan Bor, bora qol, shikoyat qila qol.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                3. ayn. yn. Shikoyatnoma.
                Shikoyat va tavsiya daftari.
                    ▬
                                        Kasabaqo‘m ishchi va xizmatchilarning shikoyatlarini korxona ma’muriyati bilan birgalikda ko‘rib chiqadi.
                        Gazetadan
                        
                        Hukmlar to‘g‘risida shikoyat berish erkinligi ko‘zda tutiladi.
                        Gazetadan