Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hasrat} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: has-rat-lash-moq
Izoh(lar)i:
hasrat ot

1. 1. Ichki dard; dard-alam. Bunyodga kelgandan beri qayg‘u-alam arimagan bu keng hovlida ona-bola o‘z hasratlari, achchiq nolalari bilan qoldilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Maqsadingni anglat, Matpano! Ko‘ringan odamga hasratingni aytib, dunyodan yig‘lab o‘tmoqchimisan? S. Siyoyev, Yorug‘lik
Ko‘z yoshlari hasratdan bujmaygan yuzlaridan va soqollaridan mo‘l-mo‘l oqaveradi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Dard-alam, shikoyat, nolish kabilarni ifodalovchi gap-so‘z. Asad, qarasa, xolasining hasrati tugamaydigan. F. Musajonov, Nozik masala
U to‘g‘ralgan sabzilarni mis tovoqqa sola turib, hasratga tushib ketdi. J. Abdullaxonov, To‘fon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.