1.  Ikki va undan ortiq kishi o‘rtasidagi o‘zaro so‘zlashuv; musohaba; gurung.
                
                                        Qizg‘in suhbat. Gangir-gungur suhbat. Xushchaqchaq suhbat. Suhbati shirin odam. Buloqning suvi tiniq, Dononing — suhbati.
                        Maqol
                        
                        Sanjar Tilla suhbat chog‘i ginaxonlik tarzida dedi.
                        K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
                        
                        Me’morning ikki qo‘li orqasida, oshnalarining suhbatiga quloq solib turgandek bo‘lardi-yu, ko‘zlari yuz qadamcha narida chodir qurayotgan shogirdlarida, o‘g‘il bola kiyimini kiyib olgan shaddod qizida edi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                2.  Biror mavzuda eshituvchilar bilan fikr almashinuv, savol-javob tariqasida o‘tkaziladigan mashg‘ulot; muloqot.
                Ekologiya haqida suhbat.
                    ▬
                                        Muftiy hazratlari, siz bilan axloq-odob haqidagi suhbatimiz ahli jamoaga foyda bo‘ladi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3. ko‘chma kam qo‘ll. ll. O‘tirish, ulfatchilik.
                
                                        Tantiboyvachcha bazmini, suhbatini ko‘rgan ko‘p xotinlarni endi sekin-sekin unuta boshladi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Adabsiz, bahrasizlar suhbatin hargiz havas qilma, To‘kilgay obro‘ying, behuda zavq-u safodan kech.
                        Habibiy