1.  Nopok narsalar bilan bulg‘angan; bulg‘anch.
                Iflos hovli. Iflos ariq.
                    ▬
                                        Otxona ichidan iflos kurak va supurgi ko‘tarib Jo‘ra chiqdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Kir bosgan; kir, isqirt.
                
                                        [Hammollarning] Belida, yelkasida uzuq-yuluq arqon, kiyimlari juldur, iflos.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Har qanday yomon, qalb ishga yuradigan; nopok.
                Iflos odam.
                    ▬
                                        Yo‘qol, dedim, yo‘qol, tulki! Kolxozimizda sendek ifloslarga non yo‘q!
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
            
            
                4.  Shunday odamga nisbatli haqoratni bildiradi; yaramas, razil, palid.
                
                                        [Cho‘pon soziga:] Tufu, iflos! Hali senmi shuncha xotin bilan tag‘in birovlarning haramiga ko‘z soladigan?!
                        Hamza, Maysaraning ishi
                        
            
            
                5.  Odobdan tashqari; yaramas, yomon.
                
                                        U uyning u yog‘idan bu yog‘iga betoqat yurib, iflos gaplarni og‘ziga to‘ldirib so‘kindi.
                        H. G‘ulom, Mash’al