1.  Kir, chang, ifloslik va shu kabilardan xoli (xoli qilingan), ozoda, pokiza.
                Toza idish. Toza kiyim. Toza uy. Toza kiyinmoq. A’zoyi badanimni Xo‘p yaxshilab yuvaman.
                    ▬
                                        Tirnog‘imni, tishimni Doim toza tutaman.
                        Uyg‘un
                        
                        Qo‘llarini toza sochiqlarga artishdi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                2.  Chang-g‘ubordan xoli; beg‘ubor, sof, musaffo.
                
                                        Toza osmonda yulduzlar charaqlaydi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        Toza havodan to‘yib nafas oldi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Har taraf sof, toza maysa-ko‘kat
                        G‘ayratiy
                        
            
            
                3.  Aralashmalardan xoli; sof, asil.
                Toza oltin.
                    ▬
                                        Mana bu durmi? Juda toza ekan, Nuri opamda ham bor-a?
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Gulnor kelgach, u Yo‘lchi bilan qizga shivirladi: — Mana bu juda toza choy.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                4.  Xirildoq va shu kabilar kamchiliklardan xoli, jaranglab chiqadigan tovush, ovoz haqida.
                
                                        Oshna ashulalarning dilrabo kuyi, hofizning toza va shirali ovozi Elmurodning yuragiga bahor nash’alaridek quyildi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
            
            
                5. ko‘chma hma Dog‘ tushmagan, bulg‘anmagan; sof, pok.
                
                                        Toza vijdon. Toza nom. Toza qalbda dog‘ bo‘lmas.
                        Maqol
                        
                        Murzin yanada qizishib, bo‘rtib, davom etdi: — Men uni yaxshi bilaman. U yaxshi qiz, ko‘ngli toza.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
            
            
                6. rvsh. sh. Juda ham, rosa.
                Toza charchadik. Sizni toza kutdik.
                    ▬
                                        Yigit-qizlar xolaning gaplariga toza kulishdi.
                        N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
                        
                        Bechora! Qallig‘ini ko‘raman, deb toza baloga qolgan ekan!
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                7. shv. hv. Yangi.
                
                                        Toza maktab ochsang, kofir deydi, gazeta o‘qisang, dahriy deydi.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
                        To‘rani olajak toza xotinidan sovitib berasiz.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
                        Matpano: — Tag‘in kelaman, og‘a, toza gap bo‘lsa, yetkazaman, o‘ksimay yuring, — deb peshinlatib jo‘nadi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik