1.  Yer yuzi va undagi butun borliq; dunyo, olam.
                
                                        Bu jahonda bunday dilbar bo‘larmi, Jamolini ko‘rgan omon qolarmi?
                        Murodxon
                        
            
            
                2.  poet.Dunyodagi hamma xalqlar, butun insoniyat.
                
                                        Sen hayqirding, jahon hayqirdi: Yigit-qizlar intiqom uchun. Otalar va onalar o‘zni Chog‘ladilar sharaf, shon uchun.
                        G‘ayratiy
                        
            
            
                3.  Jahon (xotin-qizlar ismi).