1.  Hayot alomati yo‘q, o‘lik.
                
                                        Kolxozchilar yugurishib kelganlarida, Umurzoq ota jonsiz edi.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
            
            
                2.  Harakatsiz qotgan, hech narsa ifoda etmaydigan; behush, karaxt.
                
                                        Otabek ota-ona orzusiga, o‘z ta’biricha, jonsiz haykal bo‘lib rizolik berdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                3.  ko‘chmaKuchi yo‘q, kuchsiz; bo‘sh, chidamsiz; nimjon.
                
                                        Murzin uning parishon sochlarini, nozik bo‘yniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi.r
                        Shuhrat, Shinelli yilla
                        
            
            
                4.  ko‘chmaZerikarli, ruhsiz, ta’sirsiz; shavq-zavqsiz. Jonsiz spektakl.
                
                                        Majlis juda jonsiz o‘tdi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                5.  ko‘chmaSukutga cho‘mgan, jimjit.
                
                                        Uzoqlarda jonsiz ko‘ringan Ovullar ham yig‘lab uxlagan. Sahar turib sho‘rli xotinlar Tangrim degan, to‘lib yig‘lagan.
                        H. Olimjon