1.  Buzilish, uzilish, qulash va shu kabilar jihatdan chidamli; pishiq-puxta, mahkam.
                Mustahkam imorat. Mustahkam poydevor.
                    ▬
                                        Andijon qal’asi mustahkam. Bobur mirzo u yerda bo‘lsa, qal’a yanada mustahkam bo‘lur.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        Mustahkam temir ustunlarga tortilgan po‘lat arqon kuchli motorlar yordamida bir maromda harakatga kelib turibdi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2. ko‘chma hma O‘z xususiyati, mohiyati va shu kabilar jihatdan o‘zgarishga, buzilishga, aynishga chidamli; barqaror, aynimas.
                Mustahkam intizom. Mustahkam do‘stlik. Mustahkam aloqa. Mustahkam iroda,
                    ▬
                                        Asabi temirdan va ruhiyati nihoyatda mustahkam kishilardan akvanavtlar tayyorlanadi.
                        Fan va turmush
                        
                        Imoniga, diniga mustahkam, pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish.
                        S. Ahmad, Hukm