1.  Yechilishi, tushunilishi, bajarilishi qiyin; og‘ir, mushkul.
                Murakkab masala.
                    ▬
                                        Bu ish juda murakkab.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        Homilaning mo‘jizali rivojlanish jarayoni biologlar oldida turgan eng murakkab muammolardan biridir.
                        Fan va turmush
                        
                        Atoqli xalq san’atkori hayotning eng chigal, murakkab tomonlarini ham jonli til bilan sodda qilib tushuntira olardi.
                        T. Obidov, Yusufjon qiziq
                        
            
            
                2.  Katta qiyinchiliklari bo‘lgan, mashaqqatli, og‘ir.
                
                                        Xo‘jaligimiz dehqonlari murakkab ob-havo sharoiti yuz bergan yilda bir jon-bir tan bo‘lib mehnat qilib davlat topshirig‘ini sharaf bilan ado etdilar.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
                        Men bilan tengdosh bo‘lgan yoshlarning o‘smirlik hayoti juda murakkab bir vaqtga to‘g‘ri kelgan edi.
                        N. Safarov, Jasoratning davomi
                        
            
            
                3.  Tarkibi bir necha (juda ko‘p) unsurlardan tashkil topgan.
                
                                        Ko‘z juda murakkab optik sistema bo‘lib, kishi hayotida ko‘zning yaxshi ko‘rishi muhimdir.
                        Gazetadan
                        
                        Fan va texnikaning uzluksiz rivoji hamda yangi-yangi mukammal moslama va mexanizmlar yaratilishi tufayli yanada murakkabroq EHM-lar paydo bo‘la boshladi.
                        Fan va turmush