1. ot ot Biror narsa tarkibidagi yoki unga shimilgan, singigan suv.
                Nam yemoq,. Nam tortmoq. Yerning nami qochibdi. Tuproqdagi namni saqlash choralari.
                                    
                    
            
            
                2.  Suv; suyuqlik.
                
                                        Nam ko‘rmayin, qaqrab bu cho‘llar Asrlarni kutib olganlar.
                        \. Olimjon
                        
                        Bodring — issiqsevar, yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                3. sft. ft. Suv shimgan; ho‘l.
                Nam ro‘mol.
                    ▬
                                        Oyoq ostidagi nam tuproqdan inson uchun juda yaqin, qon-qarindoshlik isi dimoqqa urilardi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Rahimberdi nam ko‘zlarini artib: — ilg‘aganim yo‘q, o‘g‘lim, — deb javob berdi.
                        X. To‘xtaboyev, Shonli avlod