1.  Jismoniy jihatdan kuchsiz; zaif, bequvvat, notavon.
                
                                        Gulnor esa, oyoqda turishga ojiz, tinkasi qurigan bir xasta kabi, umidsizlik bilan yana sekingina o‘tirdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Biror ish qilish uchun hech qanday chora-iloj qo‘lidan kelmaydigan; ilojsiz, noiloj.
                
                                        Birov birovga muruvvat qilishdan ojiz bo‘lgan o‘sha zamonda Hamro ota va uning oilasiga o‘xshash insofli odamlar ham bor edi.
                        N. Safarov, Katta karvon yo‘lda
                        
            
            
                3.  Qurbi, kuchi yetmaydigan, kuchsiz.
                
                                        Toshkentimiz — bag‘ri keng, go‘zal shahar. Uning ta’rifiga uncha-muncha qalam ojizdir.
                        Gazetadan
                        
            
            
                4.  Bo‘sh, kuchsiz, past.
                
                                        U [Qumri] yarani bog‘layotgan-da, Botirali ojiz tovush bilan bir ingradi-yu, yana jimib qoldi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                5.  Xira, kuchsiz; yorqin emas.
                
                                        Fonarning xira shishasidan atrofga ojizgina qizg‘ish shu’la yoyildi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                6.  Ko‘rish qobiliyatini qisman yoki batamom yo‘qotgan; ko‘r.
                
                                        Ba’zan tushlik ovqat vaqti, ko‘pincha ishdan keyin, to‘rtta-beshta ko‘zi ojiz erkak-ayollar yig‘ilishib, o‘zaro gurunglashib qolishardi.
                        Shukrullo, Saylanma