1. Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo.
— Ayb mening o‘zimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. —
▬
Olam bino bo‘lgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga — tuhmat bo‘lib kelgan.
S. Ayniy, Doxunda
2. Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalqlar
Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur.
▬
Hakimboyvachchaning ovozasi olamni tutadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Tabiatda mavjud bo‘lgan narsalarning alohida bir to‘pi, dunyosi.
O‘simliklar olami.
▬
Titrash o‘simlik olamiga ham halokatli ta’sir etadi.
Fan va turmush
4. O‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, maslagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.
5. Odamning ma’naviy, ichki dunyosi; o‘ziga xosligi.
Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisalarning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmog‘im lozim bo‘ladi.
O‘TA
6. Biror soha, jabha.
Ilm olami. Siyosat olami. U
▬
endi Salimxondan ko‘p so‘zlaydi, hatto Salimxonni siyosat olamiga sudraydi. A.
Qahhor, Sarob
Fan olamida yangilik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi.
S. Karomatov, Oltin qum
7. din. in. Bu dunyo; mavjud dunyo.
Olamdan o‘tmoq.
▬
Qutbinisa onasi olamdan o‘tgandan buyon endi ohorli kiyim kiyishi edi.
S. Ahmad, Ufq