1.  Cho‘ziq narsaning so‘nggi chegarasi, eng keyingi qismi, poyoni.
                Yo‘lning oxiri ko‘rinmaydi.
                    ▬
                                        Nusratbekning uyi shu kimsasiz, sokin ko‘chalardan birining oxirida — paxtazor chegarasida joylashgan ekan.
                        S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
                        
            
            
                2.  Davomli narsalarning so‘nggi qismi, xotimasi.
                Dostonning oxiri, Spektaklning oxiri.
                    ▬
                                        [Usta Olim] Xatning oxirida: Sizdan bir kun so‘ng Homid o‘ldi deb yozar edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                3.  Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning so‘nggi, oxirgi dami, nihoyati.
                Yilning oxiri. Qishning oxiri. Oxir bo‘lmoq.
                    ▬
                                        Shunga qaramasdan, bu maktab yil oxiriga borib, o‘zlashtirish 160, davomat 200 foiz bo‘ldi, deb axborot beribdi.
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
                        
            
            
                4.  Oqibat, natija; pirovard.
                Yomon ishning oxiri voy.
                    ▬
                                        — Hay, ishqilib, oxiri baxayr bo‘lsin, — dedi Maxsum.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                5.