1.  Qurilma, qurilish insho-oti bunyod etmoq, yasamoq.
                
                                        Uy qurmoq. Qasr qurmoq. Shiypon qurmoq. To‘g‘on qurmoq. Kanal qurmoq. Saroy qurib, shahar buzma.
                        Maqol
                        
                        Yoru do‘stlar bilan hasharlashib, binoyiday maskan qurib oldim.
                        M. M. Do‘st, Lolazor
                        
            
            
                2.  O‘rnatmoq.
                Tandir qurmoq. Uyga eshik qurmoq.
                    ▬
                                        Sattorqul akang uyini yangi turmush qildi; oqlatdi, darchaning o‘rniga deraza qurdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Bir yerdan o‘choq qilib, oshpalov qilmoqchi bo‘lib, qozonni qurdi.
                        Nurali
                        
            
            
                3.  Tashkil etmoq, barpo qilmoq, tuzmoq.
                Yangi davlat qurmoq. Yangi jamiyat qurmoq.
                                    
                    
            
            
                4.  Tashkillashtirmoq.
                
                                        Shirin suhbat qurib qaymoqlashaylik
                        Habibiy
                        
                        Har qalay, Jo‘ravoy bilan gurung qurib, tong ottiray dedi-ku.
                        S. Ahmad, Yulduz
                        
                        Zeriksangiz, shohona ziyofatlar quring, bazmlar yasang, ixtiyor sizda.
                        Oybek, Ulug‘ yo‘l
                        
                        Badiuzzamon beklarini, ishbilarmon yigitlarini yig‘ib, jangga hozirlanish to‘g‘risida kengash qurdi.
                        Oybek, Navoiy